Farzandlarimiz istiqboli yo‘lida
Hozirgi kunda Angor tumanida 17 ta davlat, 12 ta davlat xususiy sherikchiligi va 62 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyat olib bormoqda. Tumanda 3-7 yoshli bolalar soni 11322 nafarni tashkil qiladi. Shundan 6082 nafari maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olingan. Tarbiyalanuvchilarga 400 nafarga yaqin pedagoglar ta’lim-tarbiya berib kelmoqda. Zamonaviy, keng va yorug‘ xonalarda bolajonlar uchun barcha sharoitlar mujassam. Ana shunday imkoniyatlar 23-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ham yaratilgan. Bu bog‘chada 125 nafar jajji bolajonlar tarbiyalanadi.
Bog‘chamiz o‘tgan yili yangidan qurilib, foydalanishga topshirildi. Eski binosi 60 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, yaroqsiz holga kelib qolgan edi. Endilikda shahardagidek mo‘jazgina ta’lim tashkilotimiz zamonaviy qiyofa kasb etdi. Bundan albatta, bolajonlar va ularning ota-onalari juda xursand,-deydi tashkilot mudirasi Mahbuba Mahmajonova.