Sog‘lom millat-sog‘lom kelajak
Angor tumanida "Sog‘lom millat-sog‘lom kelajak" shiori ostida o‘kazilgan Surxondaryo viloyati Davlat xavfsizligi xizmati boshqarma boshlig‘ining kubogi uchun mini-futbol musobaqasining final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra, “Tallashqon” mahallasi jamoasi birinchi o‘rinni, “Dehqonittifoq” mahallasi jamoasi ikkinchi o‘rinni va “Navbahor” mahallasi jamoasi uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. G‘olib bo‘lgan jamoalarga sovg‘alar va pul mukofotlari topshirildi.