Besh tashabbus-besh imkoniyat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy sohalarga oid besh tashabbusi doirasida Angor tumanidagi maktablarda ham turli tadbir o‘tkazilmoqda. Xususan, tumandagi 12-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilar o‘rtasida "Besh tashabbus-besh imkoniyat" shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishni tashkil etish, ularni san’at, sportga ko‘proq jalb qilish, axborot texnologiyalaridan foydalanishni o‘rgatish, kitob o‘qishga qiziqishini oshirish haqida so‘z yuritildi va iqtidorli yoshlarning chiqishlari namoyish etildi.