Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Angor tumani hokimligi
Zartepaga sayohat
Tadbirlar / 2021-04-22

   Angor tumanidagi  28-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari o‘qituvchilari bilan bargalikda sayohatga chiqishdi. O‘lkamiz  tabiati , boy tariximizni  o‘rganish  maqsadida  “'Zartepa” yodgorligida bo‘lishdi. Geografiya va tarix fani o‘qituvchilari o‘quvchilarga yodgorlik tarixi haqida ma’lumot berishdi. Jumladan, qadimgi shahar xarobasida arxeologik qazishmalar natijasida “Zartepa”ning shahris­ton qismidan uy-joy qoldiqlari va ko‘chalar ochilganligi, topilmalarning eng qadimgisi mil. avv. 4-­2 asrlarga, keyingilari ilk o‘rta asr­lar to‘g‘ri kelishi haqida o‘quvchilarga so‘zlab berishdi. Sayohat davomida o‘quvchilar qiziqarli taassurotlarga ega bo‘lishdi.

Izoh qoldirish

Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?

  • Hozir saytda
  • 2 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs