Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Angor tumani hokimligi
Angorda ochiq muloqot o‘tkazildi
Tadbirlar / 2021-04-15

Angor tumanida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularning oilaviy sharoitlarini yaxshilash maqsadida ochiq muloqot o‘tkazildi. Unda tuman hokimining o‘rinbosari, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i Shoira Rajabova, birinchi sektor kotibi Orifjon Qurbonov, mahalla xodimlari va OAV vakillari ishtirok etdilar. 

 Muloqot davomida xotin-qizlarning qiziqishlaridan kelib chiqib bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb qilish,   imtiyozli bank kreditlaridan samarali foydalanish, biznes loyihalarini shakllantirishda ko‘maklashish masalalarida tushuntirish ishlari olib borildi.

Shuningdek, ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berildi.   

 

Izoh qoldirish

Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?

  • Hozir saytda
  • 2 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs