Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Angor tumani hokimligi
O‘zbekiston yoshlari-kelajak poydevori
Tadbirlar / 2021-05-11

    Angor tumanida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan “O‘zbekiston yoshlari-kelajak poydevori” shiori ostida yoshlar festivali o‘tkazildi. Festivalda 5 ta muhim tashabbus doirasida sport musobaqalari, kitoblar ko‘rgazmalari tashkil etildi. Tadbir avvalida, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Sherzod Yadgarov so‘zga chiqib, bugungi kunda yoshlarimiz uchun yaratilayotgan e’tibor hamda buning samarasida ularning erishayotgan yutuqlari haqida ta’kidlab o‘tdi. Shundan so‘ng, sport musobaqalari g‘oliblari taqdirlandi. Shuningdek, “Yoshlar daftariga”  kiritilgan tumandoshlarimizga motokultivator topshirildi.

Festivalda iqtidorli san’atkorlar ijrosidagi dil tortar qo‘shiqlar yoshlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Kechaga tashrif buyurgan barcha olam-olam taassurotlar bilan qaytdi.

Izoh qoldirish

Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?

  • Hozir saytda
  • 2 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs