Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Angor tumani hokimligi
XOTIN-QIZLARNI TAZYIQ VA ZO‘RAVONLIKDAN HIMOYA QILISHNING MA’NAVIY-HUQUQIY ASOSLARI

Mamlakatimizda jamiyat hayotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida respublikamiz xotin-qizlari ham faol ijtimoiy kuch sifatida ishtirok etib kelmoqdalar. Bugungi kunda mamlakatimizda xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish bщyicha gender siyosati, xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarining tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilinishi, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, ularni aniqlash, ularga chek qo‘yish uchun samarali ishlar olib borilmoqda. Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik sodir etilishiga olib keladigan sabablar hamda shart-sharoitlarni bartaraf etish choralari, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish maqsadida davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari ijtimoiy hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan.

Izoh qoldirish

Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?

  • Hozir saytda
  • 2 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs