Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Ангор тумани ҳокимлиги
Tuman hokimi rossiyalik investor bilan uchrashdi

Bugun Angor tumani hokimi Qosim Mardonov “Tanovar Surxon" MCHJ xorijiy korxonasi ta’sischisi Gorpinchenko Pavel Vasilyevich bilan uchrashdi.

Xorijiy korxona faoliyati 2018-yilda boshlangan. Hozirgi kunda yiliga o‘rtacha 500 tonna sabzavot mahsulotlari xorijga eksport qilinadi.

Uchrashuv davomida xorijiy korxona faoliyatini kengaytirish maqsadida amalga oshirilishi belgilangan yengil konstruksiyali issiqxona qurilishi loyihasi bo‘yicha muzokara olib borildi. Unda ikki tomonlama kelishuv asosida kelgusi rejalar loyiha tasdiqlab olindi.

Kelishuvga ko‘ra, korxona tomonidan 2023-2024-yillar davomida qiymati 5 mln dollarlik zamonaviy issiqxona tashkil etib, qo‘shimcha 150 ta ish o‘rni yaratish va yiliga 1.5 mln dollarlik eksport amalga oshirishi belgilandi.

Изоҳ қолдириш

Хизматлар

  • Ҳозир сайтда
  • 22 та фойдаланувчи ҳозир сайтда
  • Валюта курс