Tomorqa – qo‘shimcha daromad manbai
Bugungi kunda xalqimiz bozor iqtisodiyotidan kelib chiqib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish borasida innovatsion usullarni amaliyotga joriy etmoqda. Angorlik Oltiboy To‘xtamishov ham oila a’zolari bilan birgalikda issiqxona tashkil qilib, pomidor yetishtirishni yo‘lga qo‘ygan.
Tomorqamizning 6 sotixiga issiqxona qurganmiz. Turmush o‘rtog‘im, farzandlarim va nabiralarim bilan birga ishlaymiz. Sakkiz nafar farzandimizning barchasini mehnatimiz evaziga o‘qitdik, uyli-joyli qildik. Demak, mehnat qilgan insonning turmushi farovn, ertasi mustahkam bo‘ladi,-deydi Oltiboy To‘xtamishov.