Mahallalar faoliyati o‘rganilmoqda
Bugun Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari-mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i Abdusalom Xo‘jaqulov Angor tumanida bo‘lib, hududlarda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari hamda mahalla fuqarolar yig‘ini xodimlari faoliyati bilan tanishdi. Xususan, tumandagi “Kayran” mahallasida xodimlar bilan suhbat o‘tkazildi. Suhbat davomida mahallani yanada rivojlantirish, aholi muammolari bilan ishlashda yangi tizimni joriy qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni erta aniqlash maqsadida olib borilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish borasida ham to‘xtalib o‘tildi.