Osh musobaqasi
Angor tumanidagi 2-sonli umumta’lim maktabida “Osh musobaqasi” bo‘lib o‘tdi. Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida uyushtirilgan musobaqada 50 nafarga yaqin o‘quvchilar ishtirok etdi.
Sinflar o‘rtasida o‘tkazilgan tanlovda 7-“A” sinf o‘quvchilari g‘olib bo‘lishdi.
Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, ta’lim muassasasida 809 nafar o‘quvchi tahsil oladi.