Men ham atlas kiyaman

  Tumandagi 20-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida “Men ham atlas kiyaman" shiori ostida tanlov o‘tkazildi. Tarbiyalanuvchilar o‘rtasida kiyinish madaniyatini keng targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan tadbirda o‘g‘il-qizlar faol ishtirok etishdi. Atlas va adraslardan tikilgan kiyimlar ko‘rgazmasi ham tashkil etildi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilari milliy matolarimiz haqida she’r va qo‘shiqlar ijro etishdi.