Yer xazina

   Angor tumanining “Yuqori Tallimaron” mahallasida yashovchi Nasriddin Ubaevlar oilasi bir necha yillardan buyon dehqonchilik bilan shug‘ullab keladi. Ushbu oilaning tomorqasi 10 sotixdan iborat bo‘lib, 6 sotix qismiga issiqxona qurilgan.

 

    -Issiqxonamizga pomidor ekkanmiz. Turmush o‘rtog‘im va men doimiy ish bilan bandmiz. Bankdan 30 mln so‘m kredit olib faoliyatimizni boshlaganmiz. Hosili yaxshi, nasib bo‘lsa daromadi ham yaxshi bo‘ladi degan niyatdamiz. Buning uchun mehr berib mehnat qilyapmiz,-deydi oila bekasi Qunduz Ho‘jamberdieva.