Bog‘chada tanlov

 

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ertaklar bolaning dunyoqarashini kengaytirib, uning hayotga ongli munosabatini shakllantirar ekan. Bola ertak orqali yaxshilik va yomonlik, ezgulik va yovuzlikni bir-biridan farqlashni o‘rganadi. Bu tushuncha uning psixologiyasida bir umrga muhrlanib qoladi. Va bola voyaga yetganidan keyin ezgu ishlarga odatlanadi. Tumandagi 5 va 11-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ham “Bog‘chamizni ertaklar mamlakatiga aylantiramiz” ko‘rik tanlovi davomida ana shu jihatlarga e’tibor qaratildi. Tarbiyachilar tomonidan xalq og‘zaki ijodining yorqin namunasi bo‘lmish ertaklar olamini teatrlashtirilgan holda bolalarga jonli ijro qilib berishdi. 

   Angor tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Bog‘chamizni ertaklar mamlakatiga aylantiramiz” ko‘rik tanlovi aprel oyining oxirigacha davom etadi. Tanlov yakunida g‘olib bo‘lgan jamoalarga estalik sovg‘alari topshiriladi.