Ayollar e’tiborda

Bugungi kunda  Angor tumanida 134 ming 707 nafar aholi istiqomad qiladi. Shundan 67 ming 278 nafarini xotin-qizlar tashkil etadi. Ularning 1 322 nafari “Ayollar daftari”ga kiritilgan. Tumanning “Chinobod” mahallasida yashovchi Gavhar Rahmonova ham “Ayollar daftari”ga kiritilgan. Unga 30 mln so‘m imtiyozli kredit ajratildi. Hozirgi kunda 3 sotixli issiqxonada pomidorning “Bo‘ron” navini ekib, oila a’zolari bilan birgalikda parvarish qilmoqda.