Tadbirkor-elga madadkor

Bugungi kunda tadbirkorlik davr talabi. Bu hududlar rivoji va aholi farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi. Angor tumanining “Ho‘janqon” mahallasida Eshboy Sherqulov farzandlari va shogirdlari bilan birgalikda sifatli va zamonaviy mebel mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. Hozirgi kunda tadbirkorlar tomonidan yigirma turdan ortiq mebel mahsulotlari tayyorlanadi.