Angor tumanida mahallalar infratuzilmasi yaxshilanmoqda
Angor tumanida mahallalar infratuzilmasini yaxshilash maqsadida Yuqori Tallashqon mahallasida samarali ishlar olib borilmoqda.
Mahallada dasturga asosan “Abdurahmon Avf ota” qabristoniga boradigan "At-Termiziy" ko‘chasida asfalt yotqizilmoqda.
Mahalliy ahamiyatga ega ushbu yo'lning 2 km qismiga asfalt yotqizildi. Ayni kunlarda ishlar davom etmoqda.