Muayyan yashash joyi yoʻq shaxslar reablitatsiya markaziga joylashtiriladi

Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish toʻgʻrisida ish yuritish tartibi kiritildi.
Qonun (OʻRQ–810, 16.12.2022 y.) bilan "Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi"ga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.
Qonun bilan Ma’muriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksning muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya markaziga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomalarni koʻrib chiqishga doir normalarini Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga oʻtkazish hamda tegishli ishlarni koʻrib chiqishni ma’muriy sudlardan jinoyat ishlari boʻyicha tuman, shahar sudlariga oʻtkazish belgilandi.
Unga koʻra, Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish toʻgʻrisida ish yuritish tartibi kiritildi.
Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsning reabilitatsiya markaziga joylashtirilishini talab qiluvchi asoslar aniqlanganda, ichki ishlar organi bunday shaxs ichki ishlar organiga keltirilgandan e’tiboran 48 soatda uni reabilitatsiya markaziga 30 sutkadan koʻp boʻlmagan muddatga joylashtirish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma yuborish uchun materiallarni tayyorlashi shart.
Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish toʻgʻrisidagi materiallar bunday shaxs aniqlangan erdagi yoki reabilitatsiya markazi joylashgan erdagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudiga ichki ishlar organi tomonidan beriladi.
Iltimosnoma taqdim etilgan paytdan e’tiboran 24 soat ichida sudya tomonidan yopiq sud majlisida yakka tartibda koʻrib chiqiladi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Jinoyat ishlari boʻyicha
Angor tuman sudining raisi S.Boʻtayev