Kitobxonlik haftaligi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi “2020–2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Angor tumanida “Kitobxonlik haftaligi” tashkil etilishi belgilangan.
Bugun tumandagi 1-sonli umumta’lim maktabida “Kitobxonlik haftaligi” doirasida oʻtkazilishi rejalashtirilgan tadbirlarga start berildi.
Ma’lumot oʻrnida, tadbirlar joriy yilning 18-22-aprel kunlari boʻlib oʻtadi.
Unda yangi kitoblar taqdimoti, ko‘rgazmalari hamda shoirlar bilan uchrashuvlar, qiziqarli savol-javoblarga boy tadbirlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.