Angor tumanida seminar-trening o‘tkazildi
Angor tumanida Yaponiya davlat granti asosida YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda seminar-trening o‘tkazildi. Unda Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi-ijtimoiy xodimlari tomonidan bolalar ishlar bo‘yicha tuman, shahar Komissiyalari kotibiyati uchun Komissiyalar faoliyatini qayta tashkil etish va bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Treningda ishtirokchilar guruhlarga bo‘lingan holda amaliy mashg‘ulotlar ham bajarishdi.
Biz trening davomida bolalarga nisbatan zo‘ravonlik turlari, uning sabablari va oqibatlari haqida to‘xtalib o‘tdik. Shuningdek, Komissiyaning vazifalari va funksiyalari bo‘yicha ma’lumotlar berib o‘tdik,-deydi Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi-ijtimoiy xodimi Nigora Qoziyeva.