Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar

Angor tumanida “Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimi o‘rinbosari F.S.Toirov, tuman hokimi Sh.B.Abdullayev, viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari U.S.O‘tayev hamda tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi. Yig‘ilish davomida tumanda 2021 yilning 11 oyi davomida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish va ularning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, ayollar, yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning kelib chiqish sabablari to‘g‘risida so‘z yuritildi. Jinoyatlar tahlili muhokamasida olib borilgan profilaktik choralarga qaramasdan ayrim mahallalarda jinoyatlar soni oshganligi aniqlandi. Ushbu holat bo‘yicha “qizil” hududga kiritilgan mahalla ma’sullari ogohlantirilib, tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.