“O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni”
Prezidentimizning tashabbusi bilan mamlakatimizda dekabr oyining ikkinchi yakshanbasi – “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni” etib belgilangan bo‘lib, ushbu sana yurtimizning barcha hududlaridagi kabi Angor tumanida ham katta tantana bilan o‘tkazildi. Bayram tadbiriga qishloq va suv xo‘jaligi tashkilotlari xodimlari, mirishkor dehqon va fermerlar, chorvador va pillakorlar, mehnat faxriylari va aloqador tashkilotlar taklif etildi.
Ushbu tadbirda, joriy qishloq xo‘jaligi mavsumida yuqori natijalarni ko‘rsatgan, o‘zining fidokorona mehnati bilan namuna bo‘lgan soha xodimlariga tuman hokimligining sovg‘alari topshirildi.