Zulfiyaxonim qizlari
Bugun “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti nomzodlarini sarashlash tanlovining Angor tumani bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda hududiy bosqichlardan o‘tgan 50 nafardan ortiq qizlar ishtirok etishdi. Ishtirokchilar yettita yo‘nalish bo‘yicha o‘zlarining qobiliyatlarini namoyish etishdi.
-Men uch yoshimdan buyon rasm chizishga qiziqaman. Asosan manzara janrida ijod qilaman. Bugungi tanlovda ko‘plab iqtidorli qizlar ishtirok etishdi. Ular bilan birgalikda tanlovda ishtirok etayotganimdan xursandman,-deydi 3-sonli ixtisoslashtirilgan Davlat umumta’lim maktabi o‘quvchisi Tanzila Abraeva.
Tanlovning tuman bosqichida g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar keyingi bosqichda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.