Ro‘zg‘orimiz obod bo‘ldi
Angor tumanining birinchi sektoriga qarashli “Qorasuv” mahallasida yashovchi Shavkat Muqimov turmush o‘rtog‘i bilan birgalikda 3 nafar farzandni voyaga yetkazib kelmoqda. Ularning oilaviy sharoiti mahalla tomonidan o‘rganilib, “Temir daftar”ga kiritilgan edi. Shu sababli ularga subsidiya asosida 1 sotixli issiqxona qurib berilgandi. Hozirgi kunda ular issiqxonada bodring, pomidor va bulg‘or qalampiri yetishtirib hosil olishmoqda.
-Issiqxona qurilganidan buyon ikkinchi hosilni yig‘ib olyapmiz. Mahallamizdagi do‘konlarga va bozorga mahsulotlarimizni topshiramiz. Endilikda doimiy ish bilan bandmiz. Oilamiz daromadini yaxshilab olganimizdan keyin “Temir daftar”dan chiqarildik. Bizni qo‘llab-quvvatlagani uchun sektor rahbarimizga katta rahmat,-deydi xonadon bekasi Maqsuda Sheralieva.