Bolajonlar yozgi ta’tilni oromgohda o‘tkazishmoqda

  Yoz mavsumida bolajonlarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish maqsadida Angor tumanidagi maktablar qoshida oromgohlar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Ayni kunlarda tumandagi 6 ta kunduzgi sog‘lomlashtirish maydonchalarida 640 nafar o‘quvchi dam olmoqda. Jumladan, 25-sonli umumta’lim maktabida ham oromgoh tashkil etilgan va bolajonlar uchun barcha zarur sharoit yaratilgan.   – Oromgohimizda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus g‘oyalarini singdirishga harakat qilganmiz, – deydi maktab direktori Mustafo Sadatov. – O‘quvchilar yozgi ta’tilda asosan dam olishi zarur. Shuning uchun oromgoh dasturida sport, mehnat va musiqa to‘garaklari faoliyatiga alohida e’tibor berilgan.

 

Oromgohda dam olayotgan o‘quvchilar o‘rtasida turli tadbirlar, musobaqalar ham o‘tkazilmoqda. Tuman Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining yo‘l xaritasiga asosan "Bolaga kitob bering" aksiyasi ham tashkil etildi. Aksiya doirasida o‘quvchilarga va maktab fondigi Kengash tomonidan kitoblar sovg‘a qilindi.