Yoshlar yerdan unumli foydalanishmoqda

  Angor tumanida yoshlar bandligini ta’minlash, ularning turmush sharoitini yaxshilash maqsadida “Angor Surxon g‘ururi” MChJ paxta-to‘qimachilik klasteriga qarashli dala maydonidan dehqonchilik qilish uchun yer ajratilgandi. Ajratilgan yerga “Yangi turmush“, ”Dehqonittifoq” va “Qorabog‘” mahallalarida yashovchi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar fevral oyida tarvuz urug‘ini qadashgandi. Hozirgi kunda tarvuzlar pishdi va bozor rastalaridan joy egallamoqda.

  

  Mehnatimiz o‘z natijasini berib, ekkan tarvuzlarimiz hosilga kirdi. Demak, mehnat qilsak yaxshi daromad topamiz, ro‘zg‘orimizda kamu-ko‘st bo‘lmaydi. O‘zim va oila a’zolarim ham ishli bo‘lishdi, birgalikda ishlayapmiz. Bundan juda xursandmiz,-deydi qorabog‘lik Shuhrat Toshpo‘latov.