Ochiq eshiklar kuni
Angor tumanidagi “Ishga marhamat” monomarkazida «Ochiq eshiklar kuni» tashkil etildi. Umumta’lim maktablari bitiruvchi sinf o‘quvchilari qatnashgan tadbirda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Xusanov Nozim Baxtiyorovich hamda tuman hokimi Shohjahon Abdullaev ham ishtirok etdi. Dastlab, yoshlarga band bo‘lmagan aholiga xizmat ko‘rsatuvchi “Ishga marhamat” monomarkazida fuqarolarni 23 ta kasb va chet tillarga o‘qitish orqali mahalliy va xorijiy ish beruvchilarning talablariga mos ravishda malakali mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berildi.
Shundan so‘ng, tadbir ishtirokchilari monomarkaz faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.