Yoshlar bandligi ta’minlanmoqda

    Angor tumanining “Ulug‘bek” mahallasida yashovchi Muslimbek Mahmudov “Yoshlar daftari”ga kiritilgan. Unga asalarichilik yo‘nalishi bo‘yicha 30 mln so‘m imtiyozli kredit ajratildi. Hozirgi kunda Muslimbek 20 ta qutida 40 ta asalari oilasini parvarish qilmoqda.

    Yurtimizda biz yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan men ham foydalandim. Kollejni tamomlaganimga to‘rt yil bo‘lgandi va men ishsiz edim. Endilikda o‘zimning kichik tadbirkorligimni boshladim. Bu albatta, oilamiz daromadiga qo‘shimcha manba bo‘lib xizmat qiladi. Keyinchalik faoliyatimni kengaytirish niyatidaman. Buning uchun yurtboshimizga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman,-deydi Muslimbek Mahmudov.