Musobaqa davom etmoqda
Xabaringiz bor, Angor tumanida “Davlat xavfsizlik xizmati Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i kubogi” uchun “Sog‘lom millat, sog‘lom kelajak” shiori ostida mini-futbol o‘tkazilmoqda. Musobaqaning keyingi bosqichida ikkinchi sektor hududiga qarashli mahallalarning uyushmagan yoshlari ishtirok etdi. Albatta, bu bosqichda g‘olib bo‘lgan jamoalar keyingi o‘yinda qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.
Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, musobaqaning yakuniy bosqichida g‘olib bo‘lgan jamoalarga qimmatbaho sovg‘alar va pul mukofoti topshiriladi. Birinchi o‘ringa 10 mln so‘m, ikkinchi o‘ringa 7 mln so‘m va uchinchi o‘ringa 5 mln so‘m pul mukofoti beriladi.