Yangi mahalla binosi qurilmoqda

  Mahalla jamiyatda tinchlik-totuvlik, o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, milliy urf-odat va qadriyatlarni asrab-avaylash, oilalar jipsligini ta’minlash, sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, aholining kundalik muammolarini hal etishda xalqimizga eng yaqin ijtimoiy tuzilma hisoblanadi.

Bugungi kunda aholining ijtimoiy, iqtisodiy hayotini yaxshilash, mahallalarning yangicha ko‘rinishdagi guzarlarini bunyod etish bo‘yicha samarali ishlar olib borilmoqda. Angor tumanida ham yangi, zamonaviy mahalla guzarlari qurilish ishlari olib borilyapti. Jumladan, “Yuqori Tallimaron” hamda “To‘lqin” mahallalarining yangi binosi qurilib, hozirda oqlash, bo‘yash ishlari olib borilmoqda.

 

 Mahalla binosida xodimlar uchun alohida xona, aholi foydalanishi uchun kutubxona tashkil etilishi rejalashtirilgan.