Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Angor tumani hokimligi
Qing‘ir ish keltirar tashvish

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 65-moddasiga muvofiq mamlakat iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasida barcha mulk shakllarining teng huquqliligi va huquqiy jihatdan himoya qilinishi ta’minlanadi.
Xususiy mulk daxlsizdir. Mulkdor o‘z mol-mulkidan qonunda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari hamda sudning qaroriga asoslanmagan holda mahrum etilishi mumkin emas.
Jabrlanuvchining yoki boshqalarning yo‘qligida yoki ular bor bo‘lsada, ularga bildirmasdan o‘zganing mol-mulkini yashirin talon-toroj qilish o‘g‘rilik hisoblanadi.
Xususan, Jarqo‘rg‘on tumanida yashovchi Akbar Jovliyev (ism familiyalar o‘zgartirilgan) muqaddam o‘g‘irlik jinoyatini sodir etganligi uchun, axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlanib, jazoning qolgan qismidan shartli ravishda ozod etilganiga qaramasdan, bundan o‘ziga ijobiy xulosa chiqarmasdan, yana qasddan jinoyat sodir etish yo‘liga o‘tib, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida 2023 yil 12 avgust soat 11:30 lar chamasida Sho‘rchi tumani Farovon mahallasi xududida joylashgan fuqaro Muhayyo Umarovaga tegishli bo‘lgan savdo do‘koniga kirib u yerda turgan syeyf ichida bo‘lgan 7.000.000 so‘m pullarni yashirin ravishda o‘g‘irlab chiqib, o‘zining extiyoji uchun ishlatib yuborib xavfli residiv o‘g‘irlik jinoyatini sodir qilgan.
Muhayyoning murojaatidan so‘ng o‘g‘rini aniqlash, jinoyatni fosh etish yuzasidan tezkor chora-tadbirlar ko‘rildi. Jinoyatni ochish esa ko‘p vaqt olmadi. Ko‘p o‘tmay o‘g‘ri ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. Tergov harakatlari olib borildi. Yetkazilgan zarar to‘landi, sudlanuvchi jabrlanuvchidan kechirim so‘radi.
Sud majlisida jinoyat ishi atroflicha ko‘rilib, qonun sanksiyasida belgilangan jazo tayinlandi.
Har bir insonning bu olamda yashashdan maqsadi, orzu-niyatlari bor. O‘z umrini o‘zining yaxshi xislatlari bilan eng avvalo o‘ziga, yaqinlariga hamda atrofdagilarga sarflashga yaramaydigan, qilmishidan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan, xato ustiga xato, jinoyat ustiga jinoyat sodir qilgan shaxsning holiga voy. Insoniylikni, o‘zlikni unutgan, jinoyat botqog‘iga botgan kishilarga qachon, qayerda va qanday sodir etganidan qat’i nazar, jinoyati uchun jazo muqarrar.
Jinoyat ishlari bo‘yicha
Angor tuman sudining raisi
S.Bo‘tayev

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 2 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs