Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Angor tumani hokimligi
Bosqinchiga sud hukmi o‘qildi

Bosqinchilik - o‘zganing mol-mulkiga qarshi qaratilgan eng xavfli jinoyatlardan biri bo‘lib, uni sodir etganlik uchun javobgarlik Jinoyat kodeksining 164-moddasida nazarda tutilgan. Bosqinchilikning ijtimoiy xavfliligini yuqoriligi, avvalo, shu bilan bog‘liqki, bu jinoyat natijasida o‘zganing mol-mulki egallab olinayotganda jabrlanuvchining hayoti yoki sog‘lig‘iga ham ziyon yetkaziladi yoxud bunday ziyon yetkazilishi uchun real xavf vujudga keladi.
Sudlanuvchi Adxam Jovliyev (ism familyalar o‘zgartirilgan) o‘ta xavfli residivist bo‘lgani holda, o‘zganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida hujum qilib, hayot yoki sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatish yo‘li bilan bosqinchilik jinoyatini quyidagi holatlarda sodir qilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Angor tuman sudi tomonidan joriy yilning
10 yanvar sanasida ko‘rilgan ishda sudlanuvchi A.J. muqaddam bir necha marotaba sudlanib o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqarmasdan, Angor tumanida yashovchi fuqaro O.Ch.ning (ism familyalar o‘zgartirilgan) boquvchisi yo‘qligini va yashash uyida yolg‘iz yashashini oldindan bilib, 2023 yil 24 noyabr kuniga o‘tar kechasi soat tungi 02:00 larda O.Ch.ing yashash uyiga kirib unga tegishli pullar va moddiy qimmatliklarni qo‘lga kiritish maqsadida ikki qo‘li bilan O.Ch.ning yuzini tirnalab, uning yuzini taxminan yarim soat bosib turib, shu harakatlari bilan O.Ch.da qo‘rquv hissini uyg‘otib, O.Ch.ga tegishli bo‘lgan pullar va moddiy qimmatliklarni qo‘lga kiritgan.
Sud majlisi jarayonijda sudlanuvchiga nisbatan tegishli jazo choralari odil sud tomonidan ta’minlanib, sud hukmi bilan jabrlanuvchiga yetkazilgan zararlarni undirish belgilandi.
Sudlanuvchi A.J. o‘z hayot yo‘lida o‘zgalar mulkini bosqinchilik yo‘li bilan egallash deb nomlanuvchi qing‘ir yo‘lni tanladi albatta u boshqa turdagi kasb korni amalga oshirishi mahallasining, xalqining koriga yaraydigan shaxs bo‘lishi mumkin edi.

S.Bo‘tayev Jinoyat ishlari bo‘yicha Angor tuman sudining raisi 

1 izoh

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 2 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs