Bugun Angor tumani hokimi, birinchi sektor rahbari Qosim Mardonov boshchiligida ishchi guruhi a’zolari mahallalarda olib borilayotgan obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan tanishishdi.
Xususan, tuman hokimi Xo'janqon hamda Ulug'bek mahallalarida bo‘lib, «mahalla yettiligi» bilan suhbatlashdi.
Shuningdek, Qosim Mardonov 7-, 29-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida hamda 5-son oilaviy poliklinikasida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
Muassasalarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati ham nazorat qilindi.
Mas’ullarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
© Angor tumani hokimligi veb-saytlari 2024
1 izoh