Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Angor tumani hokimligi
Seminar bo‘lib o‘tdi

Angorda tomorqadan samarali foydalanish bo‘yicha seminar o‘tkazildi. Unda tuman hokimi Q.Mardonov, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi viloyat vakili B.Qodirov, fermerlar va tomorqa yer egalari ishtirok etishdi.

Ulug‘bek mahallasi bo‘lib o‘tgan seminarda aholi tomorqasidan samarali foydalanish, bir yilda 2-3 marotaba hosil olishda "Sayxunobod tajribasi"ni amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Tuman hokimi aholi tomorqalaridan unumli foydalanish, shu yo‘l bilan oilalar moddiy manfaatdorligini yanada oshirish zarurligini ta’kidladi.

Shuningdek, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining mamlakatimiz fermerlariga murojaati o‘qib eshittirildi.

Shundan so'ng,  hududda "Yashil makon" umummilliy loyihasi asosida ko‘chatlar ekish borasi olib borilayotgan ishlar bilan ham tanishildi.

 

5 izoh

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 4 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs