Angorda tomorqadan samarali foydalanish bo‘yicha seminar o‘tkazildi. Unda tuman hokimi Q.Mardonov, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi viloyat vakili B.Qodirov, fermerlar va tomorqa yer egalari ishtirok etishdi.
Joriy yilning 29-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida “Yashil makon” loyihasi doirasida bahorgi ekish mavsumini tashkil qilish va chiqindilarni boshqarishni takomillashtirish yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida “Yashil makon” doirasidagi ustuvor vazifalar belgilab berildi.
Angor tumani hokimi Qosim Mardonov xorijda o‘qiyotgan, ishlayotgan angorlik yoshlar bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi.
Aholini ro‘yxatga olish – O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning muayyan hududlarida o‘tkaziladigan, belgilangan sanada aholining demografik va ijtimoiy-iqtisodiy tavsiflarini belgilovchi, shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish va ularga ishlov berish hamda yakuniy ma’lumotlarni tarqatish va foydalanishning davriy jarayoni hisoblanadi.
© Angor tumani hokimligi veb-saytlari 2024